Soha yangiliklari

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlarini takomillashtirishda Siz ham ishtirok eting!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 noyabrdagi "Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi yuzasidan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Siz quyidagi manzildagi maxsus so‘rovda ishtirok etib, Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘zingizning taklif va fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin.

So‘rovda ishtirok etish!

2018 yilning 15 apreliga qadar davom etadigan so‘rov natijalari, xususan fuqarolarning takliflaridan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirishda foydalaniladi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang