Soha yangiliklari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi butun O‘zbekiston xalqini yaxshilik va ezgulik, mehr-muruvvat bayrami – 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan muborakbod etadi

Bugungi notinch va tahlikali hayot, dunyoning turli nuqtalarida sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz voqealar Ikkinchi jahon urushi fojialaridan xulosa va saboq chiqarishni talab etmoqda. Bugun yer yuzidagi barcha xalqlar, millat-u elatlar muqaddas neʼmat tinchlik uchun kurashishi, dunyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalari kuchaytirilishi har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yangi O‘zbekistonda bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo ahillik va totuvlikni asrash, mustaqilligimizni yana-da mustahkamlash har bir fuqaroning bosh vazifasi, asosiy maqsadi bo‘lishi zarur. Dunyo va mintaqamizdagi notinch vaziyatni hisobga olgan holda, biz doimo hushyor va sezgir bo‘lib yashashimiz, mustaqil davlatimizning Qurolli Kuchlari salohiyatini oshirib, yoshlarimizni vatanparvarlik va jasorat ruhida tarbiyalashimiz zarur. Yuqoridagi kabi g‘oyatda muhim vazifalarni samarali ado etishda buyuk ajdodlarimiz, muhtaram faxriylarimizning mardligi va shonli anʼanalari, hech shubhasiz, biz uchun doimo ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida sana munosabati bilan turli tadbirlar tashkil qilinmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ham “Inson qadri ulug‘ – xotira muqaddas” shiori ostida “Mehr-muruvvat va saxovat” aksiyasi tashkil qilinib, aksiya doirasida sohada faoliyat ko‘rsatgan nuroniylar, soha faxriylari, kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olindi. Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni bugungi qutlug‘ bayram – Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor tabriklaymiz. Har biringizning xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxt-u saodat Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!
Faylni tanlang