Soha yangiliklari

AKT vazirligi tomonidan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida 2021-yil davomida Samarqand viloyati, shu jumladan, Bulung‘ur tumani bo‘yicha soha yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-yil mobaynida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risida yig‘ilganlarga maʼlumotlar berildi. O‘tkazilgan sayyor qabulda 200 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdi. Qabul davomida jami 45 ta murojaat kelib tushdi, 18 ta murojaat ijobiy hal qilindi va 27 ta murojaat nazoratga olindi. Shu bilan birga, Samarqand shahridagi “Bog‘ishamol” hamda “Feruzabog‘” MFYlarining fuqarolar bilan uchrashildi va sohada amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Ushbu mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 7 ta sim yog‘ochlar almashtirildi va aloqa kabellari tartibga keltirildi hamda 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlariga yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i tortilib, ulash ishlari boshlandi.
Faylni tanlang