Soha yangiliklari

AKT vaziri Urganch IT texnikumi o‘quvchilarining IT kompaniyalarda va tizimdagi tashkilotlarda amaliyot o‘tash tartibini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Bugun, 16-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Xorazm viloyatiga xizmat safari davomida Urganch  axborot texnologiyalari texnikumiga bordi. Hozirgi kunda Urganch axborot texnologiyalari texnikumida kunduzgi va sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 ta mutaxassislik (“Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Axborot xavfsizligi”, “Telekomunikatsiya texnologiyalari”) bo‘yicha jami 188 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Texnikumda jami 18 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Texnikumda kompyuter sinf xonalari, zamonaviy o‘quv laboratoriya tashkil etilib, kompyuter-texnika va o‘quv qurollari bilan jihozlangan. AKT vaziri Sh. Shermatov IT texnikumda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. O‘quvchilarining IT kompaniyalarda va tizimdagi tashkilotlarda amaliyot o‘tash tartibini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Faylni tanlang