Soha yangiliklari

AKT vaziri TATU Qarshi filialiga qarashli ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 20-aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filialiga qarashli 1-sonli Akademik litseyga tashrif buyurdi. AKT vaziri tashrif davomida litsey yotoqxonasini  sifatli ta’mirlash choralarini ko‘rish  va sport zalida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, tashrif jarayonida litsey o‘quvchilari hamda o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda o‘quv sifatini oshirish, o‘quvchilarning ko‘proq xorijiy tillarni o‘rganib, mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalarda faoliyat yuritishini hozirdan o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishi kerakligi ta’kidlab o‘tildi. Shu bilan birga, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qamashi tumanidagi TATU Qarshi filialining amaliyot poligoni obyekti bilan ham yaqindan tanishdi.
Faylni tanlang