Soha yangiliklari

AKT vaziri “Astrum” IT akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Bugun, 11-dekabr kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasi faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. “Astrum” IT akademiyasi ikki qavatli bino zamonaviy jihozlangan bo‘lib, ta’lim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klasterdir. Bu erda yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi. Ularning o‘zlashtirishini sun’iy intellekt baholaydi. Hozirgi kunda klasterda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar saralab olinib o‘qitilmoqda. AKT vaziri  “Astrum” IT akademiyasida ta’lim olayotgan o‘quvchil bilan ochiq  muloqot qildilar.  
Faylni tanlang