Soha yangiliklari

AKT vaziri AQSHda BMT Bosh kotibining o‘rinbosari-“Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti”(UN DESA) rahbari - bilan uchrushuv o‘tkazdi

Bugun 20 iyun kuni AKT vaziri AQSH bilan AKT sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, IT-sohasidagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda yangi kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatish maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlariga bordi.  Tashrifdan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida joriy yilning 14 aprel kuni axborot texnologiyalari sohasidagi natijalar va joriy yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni amalga oshirishdir. Tashrifning ilk kunida  AKT vaziri Sh. Shermatov BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Liu Jenmin bilan uchrashdi.         Uchrashuv davomida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari--“Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti”(UN DESA) rahbari, Liu Jenmin tomonidan mamlakatimizda AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar hamda ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘llamli ijobiy o‘zgarishlarni yuqori darajadaligini e’tirof etdi. Bunda, Davlat Rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat natijasida mamlakatda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati oshganligi, AKT sohasida inson kapitali mustahkamlanayotganligi va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishidagi olib borilayotgan ishlar alohida e’tibordaligi ta’kidlandi. Jumladan, O‘zbekiston jahonning qator reytinglarida yuqori pog‘onadagi o‘rinlardan joy olayotgani hamda kelajakda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida O‘zbekiston mintaqada yirik IT-xabga aylanishini ta’kidladi. Shu bilan birga, AKT vazir Sh. Shermatov BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti tomonidan har 2 yilda e’lon qilinadigan Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-government Development Index)da yuqori pog‘onalarni egallash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtaldi.  Shuningdek, uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Faylni tanlang