Soha yangiliklari

AKT vaziri AQSHda “Reface and Roosh Ventures Investment Fund” rahbari bilan uchrashdi

Joriy yilning, 20-iyun kuni kunning ikkinchi yarimida, Nyu-York shahrida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va “Reface and Roosh Ventures Investment Fund” rahbari Sergey Tokarev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida axborot texnologiyalari va tibbiyot sohasidagi loyihalar muhokama qilindi.  AKT vaziri Sh. Shermatov O‘zbekiston jahonning qator reytinglarida yuqori pog‘onadagi o‘rinlardan joy olayotgani hamda kelajakda O‘zbekistonni mintaqaviy yirik IT-xabga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlandi.  Shuningdek, uchrushuvda O‘zbekistonda IT-kompaniyalar uchun qanday qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilayotgani va joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan AKT haftaligi haqida uchrashuvda gapirib berildi hamda kompaniya vakillarini ushbu haftalikda ishtirok etishlari uchun taklif etildi.
Faylni tanlang