Soha yangiliklari

Vazir IT Park rezidenti “Smart Library” MChJ faoliyati bilan tanishdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida hududdagi raqamlashtirish jarayonlari va yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tashrifning dastlabki manzili Samarqanddagi IT Park rezidenti ta’lim va texnologiyalarni integratsiya qilgan holda faoliyat yuritayotgan “Smart Library” MChJ faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, “Smart Library” “Innovative Centre” negizida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda yoshlarni nafaqat xorijiy tillarni o‘rganishga, balki zamonaviy texnologiyalarni amaliy qo‘llashga yo‘naltirgan holda ta’lim berib kelmoqda.

Tashrif davomida markazda tahsil olayotgan yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning IT sohasiga qiziqishi, ularning startap tashabbuslari hamda innovatsion g‘oyalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: markaz bitiruvchilaridan biri — xalqaro sertifikatlarga ega Azizbek Eshimov sun’iy intellekt yo‘nalishida bir nechta startap loyihalarni ishlab chiqqan. Uning bilim va salohiyati inobatga olinib, u IT Park’ning yoshlar orasidagi elchisi (Ambassador) etib tayinlandi.

Faylni tanlang