Soha yangiliklari

Vazir “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023-yil 1-ochiq stipendiya tanlovida g‘olib bo‘lib xorijdagi nufuzli universitetlar va ilmiy markazlarga ta’lim olishga yuborilayotgan stipendiantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv stipendiantlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ularning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi.  

O‘z navbatida, Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov “El-yurt umidi” jamg‘armasining jamiyatimizdagi o‘rni, kelajagimiz bo‘lmish yoshlarni yetuk salohiyatli kadr qilib tarbiyalashda ko‘makchi ekanligi va yangi O‘zbekistonni yaratishda poydevor bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.  

Shuningdek, stipendiantlar xorijda o‘qish bilan birga, o’z bilimi va odobi bilan yurtimizni dunyoga ijobiy tomondan tanitishda hamda O‘zbekistonni kelajakda IT Hubga aylanishiga o‘z hissasini qo‘shish va bunga zamin yaratish yo‘lida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar kelishib olindi. 

Stipendiantlarning bir qismi Zoom platformasi orqali onlayn ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Faylni tanlang