Soha yangiliklari

Jahon IT-xabarlari

Walmart uchuvchisiz elektromobillar orqali tovarlarni yetkazib berish xizmatini sinovdan o‘tkazmoqda

Walmart chakana savdo tarmoqlari uchuvchisiz avtomobillar orqali tovarlarni yetkazib berish tizimni sinovdan o‘tkazmoqda. Mazkur loyiha General Motors uchun dronlarni ishlab chiqarayotgan Cruise kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda

Loyiha Arizona shtatining Skottsdeyil shahrida ishga tushurilib, tovarlarni yetkazib berilishi to‘liqona elektromobillar orqali amalga oshiriladi. Iste'molchilar tovarni yaqin masofadagi Walmart shohobchasida xarid qiladi, va keyin tovar ularga Cruise tomonidan ishlab chiqarilgan uchuvchisiz avto orqali yetkazib beriladi. Walmart kompaniya vakillari ta’kidlashicha, bu quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi: tovarlarni xavsiz va tezkor ravishda yetkazib berish va atmosferaga chiqindilar hajmini keskin kamaytirish.

 

Hyundai Boston Dynamics ni sotib olmoqchi

Janubiy Koreyaning Hyundai Motor Co. kompaniyasi robotlarni ixtiro qilayotgan va ishlab chiqarayotgan Boston Dynamics kompaniyasini sotib olishni rejalashtirmoqda. Shartnoma summasi $1 mlrd. gacha yetishi mumkin. 

Boston Dynamics kompaniyasi 1992-yilda Massachusets texnologik instituti muhandislar guruhi tomonidan asos solingan. 2013-yilda kompaniyani Google kompaniyasi sotib oldi, 2017-yildan byuon esa Softbank kompaniyasi egalik qilmoqda.

 

Virgin Hyperloop vacuum transporti test sinovlaridan o‘tdi

Virgin Hyperloop tizimi yo‘lovchilar tomonidan sinovdan o‘tkazildi

Test sinovlari Las-Vegasda joylashgan DevLoop nomli sinov poligonida o‘tkazildi. Test sinovlarida birinchi yo‘lovchilar sifatida Virgin Hyperloopning texnik direktori va asoschilaridan biri Josh Giegel va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Sara Luchian ishtirok etishdi.

DevLoop sinov trassasining uzunligi 500 metr tashkil etadi. Kompaniya 400 dan ortiq sinovlarni o‘tkazib, birinchi marotaba yo‘lavchilar bilan testlarni amalga oshirdi. Test jarayonida kapsulaning tezligi 100 milya soatiga yetkazildi (160 kilometr).

Virgin Hyperloop taqdimotidan videolavha: https://www.youtube.com/watch?v=xKvbSboQ5_g&feature=youtu.be

 

Tokio qo‘ltig‘ida quriladigan kosmoport loyihasi taqdim etildi

Noiz Architects arxitektura va loyihalashtirish kompaniyasi Tokio qo‘ltig‘ida quriladigan suv osti kosmoportning loyihasini taqdim etdi.

Kosmoport loyihasi nafaqat kosmosga parvozlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, bundan tashqari qator obyektarni ham o‘z ichiga qamrab olgan, muzey, art obyektlari, mehmonxonalar, restoranlar, basseynlar, “kosmonavtlarni” jismoniy tayyorlash markazlari va boshqalardir. 


Moskva Davlat Universiteti olimlari implantatlar uchun innovatsion materialni ixtiro qilishdi

M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti (MGU) olimlari innovatsion polimer materialni ixtiro qilishdi. Mazkur material inson organizmi to‘qimasiga maksimal darajada o‘xshagan polimerlarni ishlab chiqarishga yordam beradi. 

Yangi material organism ichida xohlagan shaklda bo‘lishi mumkin. Masalan, implantatni nina orqali organism ichiga kiritib, keyinchalik u butun bo‘sh joyni egallab qo‘yadi.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang