Soha yangiliklari

Ortiqcha ovvoragarchilikka duch kelyapsizmi? Yagona portal orqali oson ro‘yxatdan o‘ting va qo‘shimchasiga 10 foizlik chegirmaga ega bo‘ling

Endilikda Yagona portal (my.gov.uz) orqali bir nechta davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish imkoniyati yaratildi. Portal orqali ro‘yxatdan o‘tib, 10 foizlik chegarmaga ham ega bo‘lish mumkin.  Jumladan: Yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik bo‘yicha nafaqa, to‘langan pensiya va pensiya fondi hisobida turish-turmasligi to‘g‘risida ma’lumot, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holatini tekshirish. Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=5 Tadbirkorlar ma’lumoti, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, tekshirish reja jadvalidan ko‘chirma, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazo. Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=19 Farzandingizni bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, OTM imtihonlari natijalarini bilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishga ariza berish, universitetlarga hujjat topshirish va boshqalar. Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=8   Shu bilan birgalikda, hozirda xizmat muddatini tekshirish, turli ma’lumotnomalarni olish, avtotransport bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish yoki kredit tarixini bilish kabilarning barchasi ham Yagona portal (my.gov.uz) orqali ko‘rish imkoniyati mаvjud.  
Faylni tanlang