Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 1-fevraldagi 27-4-son yig‘ilish bayoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy sho‘basi topshiriqlarga asosan radiomonitoring ishlari olib borildi. Radiomonitoring ishlari 2024-yilning 13-22-avgust kunlari Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari hamda Shahrisabz shahrida joylashgan Oqsaroy tarixiy yodgorligi hududida mobil aloqa qamrov holatini aniqlash maqsadida o‘tkazildi. Qashqadaryo viloyati EMMX muhandislari tomonidan viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarining 579 kilometri o‘rganildi.
Radiomonitoringlar davomida ushbu hududlarda mobil internet va mobil aloqaning bugungi kundagi holati o‘rganildi. Radiomonitoring natijasida olingan ma’lumotlar tahlil qilinib, mobil aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan hududlar bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy sho‘basiga taqdim qilindi.
Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi B.J. Qulmirzayev