"EMMM" DUK yangiliklari

Mobil aloqa va internet xizmatlari bo‘yicha murojaatlar o‘rganildi

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy sho‘basi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy sho‘basidan kelgan xatlarga asosan Buxoro viloyati hududida mobil aloqa va internet xizmatlari qamrovini o‘rganish maqsadida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va mobil aloqa operatorlari xodimlari bilan hamkorlikda radiomonitoring tadbirlari oʻtkazildi.

Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan maxsus o‘lchov qurilmalari yordamida GSM, CDMA, UMTS, LTE standartlarida ishlovchi mobil aloqa operatorlariga tegishli tayanch stansiyalarining mobil aloqa va internet xizmatlari qamrovi o‘lchandi. O‘lchangan ma’lumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy sho‘basi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy sho‘basiga tegishli xulosalar taqdim etildi.

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

cccccc1280x577.jpg

Faylni tanlang