"EMMM" DUK yangiliklari

Mobil aloqa va internet xizmatlari qamrovi aniqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy sho‘basi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy sho‘basi tomonidan berilayotgan topshiriqlarga asosan Buxoro viloyati hududida mobil aloqa va internet xizmatlari qamrovini o‘rganish maqsadida Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati va mobil aloqa operatorlari xodimlari bilan hamkorlikda radiomonitoring tadbirlari oʻtkazildi.

Buxoro viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan maxsus o‘lchov qurilmalari yordamida GSM, CDMA, UMTS, LTE standartlarida ishlovchi mobil aloqa operatorlariga tegishli tayanch stansiyalarining mobil aloqa va internet xizmatlari qamrovi o‘lchandi. O‘lchangan ma’lumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining Buxoro viloyati hududiy sho‘basi va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Buxoro viloyati hududiy sho‘basiga tegishli xulosalar taqdim etildi.

Buxoro viloyati EMMX 1-toifali muhandisi R. Odilov

fdgntydhh1000x451.jpg

sdvsdvsdv800x600.jpg

dfghfghfgh800x600.jpg

dfhfdghdfgh1000x451.jpg

Faylni tanlang