"EMMM" DUK yangiliklari

Mobil aloqa va mobil internet qamrovi holatini o‘rganish

Samarqand EMMX muhandislari tomonidan TSME6 radio skaneri yordamida Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari, hamda viloyatdagi chekka, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda joylashgan aholi yashash maskanlarida mobil aloqa va mobil internet qamrovi holatini o‘rganish ishlari olib borildi. 

Jumladan, o‘lchov ishlari viloyatdagi 382 km uzunlikdagi xalqaro va respublika ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida, shuningdek, viloyatdagi 100 ga yaqin chekka va tog‘li hududlarda joylashgan aholi maskanlarida amalga oshirildi.

O‘tkazilgan ishlar natijalari bo‘yicha maʼlumotlar Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy sho‘basiga taqdim etildi.

Faylni tanlang