Soha yangiliklari

Mobiuz mobil operatori SAMENA Telekommunikatsiya Kengashining nufuzli LEAD Awards mukofotini qo‘lga kiritdi

Kompaniya rivojlanayotgan mamlakatlar operatorlari ichida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi sifatida tan olindi.

LEAD Awards’ning turli mukofotlari 2023-yil 10 – 11-oktabr kunlari Dubayda (BAA) bo‘lib o‘tayotgan Mobil keng polosali aloqa global forumi (Global Mobile Broadband Forum 2023) doirasida topshirildi. Ular raqamli rivojlanish sohasidagi yetakchilik va ajoyib yutuqlar uchun mukofotlandi.

SAMENA – bu telekommunikatsiya assotsiatsiyasi boʻlib, Janubiy Osiyo va MENA mintaqasidagi aloqa operatorlari, ishlab chiqaruvchilar va ilm-fan vakillarini birlashtiradi.

Faylni tanlang