Soha yangiliklari

Mobiuz va Huawei uskunalarni yetkazib berish bo‘yicha 25,4 million dollarlik buyurtmani imzoladi

“ICTEXPO 2022” AKT haftaligi doirasida Mobiuz mobil aloqa operatori va Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri Huawei kompaniyasi 25,4 million dollarlik navbatdagi buyurtmani imzoladi. Ayni paytda Mobiuz kompaniyasi xitoylik hamkorlar bilan birgalikda umumiy qiymati 150 million AQSH dollariga teng investitsion loyihani amalga oshirmoqda. U operatorning texnologik jihozlarini to‘liq modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. 4G LTE qamrovining kengayganligi, 5G tarmog‘ini joriy etish boshlanganligi hamda VoLTE/ViLTE texnologiyalarini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rinayotgani muvaffaqiyatli hamkorlikning yorqin namunasidir. 2021-2024-yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihasi Huawei kompaniyasidan uskunalar sotib olish orqali mablag‘larni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishni nazarda tutadi. ICTWEEK doirasida imzolangan buyurtma bu boradagi hujjatlarning beshinchisi bo‘ldi Mobiuz va Huawei vakillari kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga ishonch bildirdi.
Faylni tanlang