"EMMM" DUK yangiliklari

Monopoliyaga qarshi komplaens faoliyatiga mas’ul xodimlari uchun o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17-19-sentabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqlashtirish” mavzusida tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kursda "Elektromagnit moslashuv markazi" DUK ning monopoliyaga qarshi komplaens bo‘yicha mas’ul xodimi Ganiyev Rustam Ravshanovich ishtirok etdi.

O‘quv kursi doirasida ishtirokchilarga:

    • O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va uning maqsadi;

    • ustun mavqe, monopoliya va tabiiy monopoliya asosiy talablari;

    • monopoliyaga qarshi komplaens asosiy talablari;

    • insofsiz raqobat turlari va belgilari;

    • kartel kelishuvlari va ularning turlari;

    • raqamli platformalarning bozor hukmronligi va ularga nisbatan monopoliyaga qarshi talablar;

    • birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi va talablari mavzularida tushuntirishlar berildi.

 

O‘quv seminar yakunida tinglovchilarga kurs bo‘yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.

 

Tayyorladi: Ish yuritishni boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlari sifatini nazorat qilish xizmati muhandisi L.A.Turgunova

Faylni tanlang