"EMMM" DUK yangiliklari

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2024-yil 23-oktabr kuni Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabalarini raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi soha korxonalari faoliyati bilan tanishtirish va korxonaga jalb qilish loyihasida ishtirok etgan talabalarni saralash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda aloqa soha yangiliklari, talabalar bilan ishlashning maqsadi, “EMMM” DUK ning asosiy vazifalari, markaziy apparat va viloyat bo‘limlari haqida ma’lumotlar berildi.

Talabalarni saralash yakunlari va uchrashuvda ishtirok etgan filial professor-o‘qituvchilarining takliflariga  asosan Farg‘ona viloyati EMMX muhandislari tomonidan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filialidan 11 nafar talaba tanlab olindi. Endilikda 2024-2025 o‘quv yili davomida ushbu talabalar Farg‘ona viloyati EMMX muhandislari tomonidan o‘qitiladi.

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi A.Karimov

Faylni tanlang