Soha yangiliklari

“Muqarnas Architects” MCHJ faoliyati bilan tanishildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida IT Park rezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan “Muqarnas Architects” MChJ faoliyati bilan tanishdi. “Muqarnas Architects” korxonasi asosan 3D modellarini yaratish va sotish va bu orqali yosh mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan. Vazir Sh. Shermatov kelgusida korxona faoliyatini yanada kengaytirishda IT Park bilan muvaffaqiyatli hamkorlik olib borish hamda jamoadagi yoshlarning imkoniyatlari va tajribalaridan foydalangan holda eksport bilan ishlash bo‘yicha takliflarini bildirib o‘tdi.
Faylni tanlang