"EMMM" DUK yangiliklari

Mustaqillik – erkin va baxtli yashash huquqi demakdir!

Ko‘p millatli xalqimiz shu kunlarda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik sanasini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlashmoqda.

000000000000001000x750.jpg

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramini munosib tarzda o‘tkazish maqsadida joriy yilning 29-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Aynan 1991-yil 31-avgust kuni xalq o‘z vatani, taqdiri va kelajagiga o‘zi egalik qilish huquqini qo‘lga kiritgan edi. Dunyo xaritasida O‘zbekiston Respublikasi - yangi suveren va mustaqil davlat paydo bo‘lgan.

777777771000x750.jpg

Mustaqillik - yangilangan Konstitutsiyamiz, so‘nggi yillarda respublikamiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar poydevoridir.

 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1‑darajali radiooperatori Shimbergenov A.A.

Faylni tanlang