EMMM yangiliklari

Muzeyga tashrif

Joriy yilning 25-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi xodimlari O‘zbekiston davlat tabiat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Ushbu tashrifdan asosiy maqsad — xodimlarning tarixiy va tabiiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda jamoa orasida madaniy muloqotni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Tashrif davomida ishtirokchilar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, O‘zbekistonning boy flora va faunasiga oid noyob eksponatlar, geologik tuzilmalar, qadimiy hayvon qoldiqlari bog‘liq bo‘limlarni ko‘zdan kechirdilar. Ayniqsa, muzeydagi interaktiv stendlar va tarixiy namunalar xodimlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

photo2025-07-2517-29-01.jpg

photo2025-07-2517-29-06.jpg

photo2025-07-2517-29-15.jpg

photo2025-07-2517-29-20.jpg

photo2025-07-2517-31-45.jpg

photo2025-07-2517-31-50.jpg

photo2025-07-2517-31-54.jpg

photo2025-07-2517-31-59.jpg

photo2025-07-2517-32-04.jpg

Faylni tanlang