"EMMM" DUK yangiliklari

Muzeyga tashrif

Joriy yilning 19-iyul kuni “EMMM”DUK xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

sdfgsdfsdf.jpg

Tashrif chog‘ida xodimlar O‘zbekiston Respublikasida tashkil topgan Qurolli kuchlarning tarixini o‘rganishga, muzeyning boy va keng ko‘lamga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo va O‘zbek xalqining rivojlangan harbiy tarixi ekspozitsiyalari bilan tanishishga muyassar bo‘ldilar. 

Muzeyning asosiy ish faoliyati ekspozitsiyalar (buyumashyolar, hujjatlar, jangovar mukofotlar va qurolyarogʻlar) orqali yoshlar va harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib unda 10 mingdan ziyod eksponatlar mavjud.

Bino 3 qavatdan iborat boʻlib, ekspozitsiyalar 3 harbiy tarixiy davrga boʻlib yoritilgan. 1-davr “Temuriylar davridagi harbiy sanʼat (14—15-asrlar)” ga bagʻishlangan. Amir Temur harbiy sarkarda sifatidagi koʻp qirrali faoliyati yoritib berilgan. Zal ekspozitsiyalari asosini “Amir Temurning Toʻxtamishxonga qarshi uchinchi harbiy yurishi” batal dioramasi tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda „Amir Temur ot ustida” portreti, qurolyarogʻlar namunalari, bayroqlar, “Amir Temur davlati xaritasi”, nogʻoralar va h.k. oʻrin olgan. 

2-davr fashizmga qarshi kurash (1941-1945 yillar) yillarida oʻzbek xalqining qahramonligiga bag‘ishlangan. Har bir koʻrgazmada u yoki bu jangda qatnashgan oʻzbekistonlik askarlarni shaxsiy buyumlari, jangovar mukofotlari, hujjatlari va h.k. qoʻyilgan. Vatandoshlarimizning mehnat frontidagi faoliyati keng yoritilgan. Eksponatlar orasidan fashistlar Germaniyasidan tortib olingan oʻljalar (fashistlar Germaniyasi harbiy mukofotlari, oʻt ochish qurollari), qurolaslahalar, harbiy mashina, tank va samolyotlarning maketlari joy olgan. Zal ekspozitsiyalari xronologik xarakterga ega boʻlib, Brest qalʼasi uchun boʻlgan janglardan tortib to Berlingacha boʻlgan janglarni oʻzida yoritgan hamda toʻliq maʼlumot berilgan.

3-davr “Mustaqil Oʻzbekiston himoyasida” deb nomlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topishi tarixi, uning qonuniy asoslari, Qurolli Kuchlarimiz qoʻshinlari tarkibi, harbiy hududiy boʻlinmalar — harbiy okruglar, ulardagi qism va qoʻshilmalarning jangovar tayyorgarligi, oliy harbiy bilim yurtlarida, serjantlar tayyorlash maktablarida harbiy kadrlarni tayyorlash, shu bilan bir qatorda milliy armiyamizning xalqaro harbiy hamkorligi, tarbiyaviy, madaniy-maʼrifiy, sport hamda harbiy ommaviy axborot vositalari faoliyati keng yoritilgan. Muzey armiya faoliyatini yoritishda respublikamiz muzeylari orasida oʻziga xos ilmiy markazga aylangan. 

Faylni tanlang