"EMMM" DUK yangiliklari

BIZ SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ

 

 

Sport insonning ham jismonan, ham ruhan irodasini kuchaytirib, chidamlilikni, qat’iyatlilikni, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi. Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish orqali har bir odamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalar shakllanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlariga sportni keng targ‘ib qilish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Xodimlar sportning mini-futbol va suzish turlari bo‘yicha muntazam shug‘ullanib kelmoqdalar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish” chora-tadbirlari rejasiga asosan, joriy yilning ikkinchi choragida xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Tashkil etilgan sport mashg‘ulotlari va musobaqa o‘yinlari xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishni orttirib, bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazilishiga sharoit yaratmoqda.

Bunday sport tadbirlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad xodimlarning salomatligini mustahkamlash, barcha yoshdagi xodimlar sport bilan shug‘ullanishlari uchun sog‘lom turmush tarzi poydevorini shakllantirishdan iboratdir.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX

1-darajali radiooperatori Matyakubov A

 

Faylni tanlang