Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan xodimlarning huquqiy bilimlarini yanada yaxshilash maqsadida 2023-yil 15-may kuni navbatdagi o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun - mohiyatini xodimlarga tushuntirish maqsadida Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasidan mas’ul mutaxassis D.Umurzoqova taklif etildi va taqdimot bilan tushuntirib berdi.
Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollari va fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.
Bu kabi tadbir va seminarlarni doimiy o‘tkazib borilishi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshishiga olib kelishi bilan birga, xodimlar o‘z ustida doimiy ishlab, malakalarini oshirib borishi barchamiz uchun muhimdir.

Sirdaryo viloyati EMMX
1-toifali muhandisi
Xidirov B.I.