Soha yangiliklari

my.gov.uz orqali olingan ishonchnoma haqiqatan ishonchli

Yaqin qarindoshingiz hisoblanmagan biror kimsa, masalan, do‘st, hamkasb yoki qo‘ni-qo‘shnilarga mashinangizni haydab turishiga ruxsat berish uchun ishonchnoma rasmiylashtirish kerakligini yaxshi bilasiz. Shu vaqtgacha odamlar bu turdagi ishonchnomani olish uchun Notarial idoralarga borib, navbatlarda turib, vaqtini bekor ketkazishardi. O‘tgan yilning kuzidan avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi (sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) ishonchnomalarni my.gov.uz portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. To‘g‘ri, hozir ham bu o‘zgarishdan bexabar Notarial idoralarga borib, yana bir emas, ikki kishilab shu ish bilan band bo‘lib, turnaqator navbatlarda sarson yurganlar ko‘p oramizda. My.gov.uz orqali rasmiylashtirilgan ishonchnomaning haqiqatan ishonchli ekanligi Adliya tomonidan tasdiqlanadi va tezkor Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yuboriladi. Bir zum ham o‘tmay elektron ishonchnoma my.gov.uz portali orqali sizga taqdim etiladi. Yo‘l bosib, vaqt ketkazib qilinadigan mana shu ishlarning bari onlayn, uydan chiqmasdan turib bitiriladi, ishonyapsizmi? Xizmat narxi ishonchnomani qancha muddatga olayotganingizga qarab belgilanadi. Bir oygacha bo‘lgan ishonchnoma - 0.2 BHM (66 000 so‘m) Olti oygacha bo‘lgan ishonchnoma - 1 BHM (330 000 so‘m) Uch yilgacha bo‘lgan ishonchnoma - 2 BHM (660 000 so‘m)
Faylni tanlang