Soha yangiliklari

My.gov.uz portalidan yana bir yangi xizmat oʻrin oldi

Endi yuridik shaxslar “Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini” uydan chiqmagan holda olishlari mumkin. 

Ushbu pasport radiotexnika vositalaridan foydalanishda Radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena meʼyorlarga rioya etilishini kafolatlovchi zaruriy hujjatdir.

Sanitariya pasportini olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Radiotexnik inshootning atrof-muhit muhofazasi loyihasi

Hujjatni onlayn olish tartibi qanday?

1) my.gov.uz portalidan tegishli xizmat tanlanadi;

2) kerakli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda soʻrovnoma toʻldiriladi;

3) talab qilingan hujjatlar nusxasi ilova qilinadi va yuborish tugmasi bosiladi.

Xizmat narxi qancha?

Yagona portal orqali topshirilganda 10% chegirma hisobiga — 594000 soʻm (1.8 BHM)

Sanitariya pasporti 14 ish kunida taqdim etiladi.

Faylni tanlang