"EMMM" DUK yangiliklari

“Dout-ota” avtomobil chegara bojxona posti va “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona postlarining xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkillashtirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli Qarorining 5-ilovasi,“Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish(berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom talablari ijrosi yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

 

 

Jumladan, yil boshida tuzilgan rejaga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlari uchun o‘quv seminari tashkillashtirildi.

 

O‘quv seminari O‘zbekiston Respublikasining eng chekka, shimoliy-g‘arbiy chegarasidagi “Dout-ota” avtomobil chegara bojxona posti va “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l vokzalidagi chegara bojxona postlarida olib borildi.

 

Seminar davomida Bojxona boshqarmasi mas’ul xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalardan foydalanish tartib qoidalari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining tegishli qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlari tanishtirib o‘tildi. Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga to‘liq ma’lumotlar berildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX 1-toifali muhandisi M.Dlekeyev

Faylni tanlang