"EMMM" DUK yangiliklari

Andijon viloyatidagi madaniy meros va turizm yo‘l xaritasidagi ob’yektlarda radiomonitoring ishlari olib borildi.

O‘zbekiston - madaniyat, tarix, an’analar va ekzotik mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport va mexmonhona infratuzilmasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shuni inobatga olgan holda Andijon viloyatiga tashrif buyurayotgan sayyohlarga sayohatlarini zavqli o‘tishida qulaylik yaratish maqasadida Andijon viloyati EMMX xodimlari tomonidan O‘zbekiston turizm yo‘l xaritasida ko‘rsatilgan madaniy meros obyektlar, aeroport, avtoshox bekati, temir yo‘l vokzali sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan bozor hududlari hamda ko‘ngil ochar maskanlari shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasining davlat va xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘llari va tumanlarni bir biriga bog‘lovchi avtomobil yo‘llarida mobil aloqa va mobil internet qamrovi bo‘yicha radiomonitoring ishlarini amalga oshirdi.

Tayyorladi: radiomonitoring bo‘yicha muhandis - K.X. Atadjanov

 

  • Andijon viloyati Bosh jome masjidi

  • Andijon viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi


     

  • Andijon viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi


     

  • Andijon viloyati tarix va madaniyat davlat muzeyi


     

  • Bog‘i shamol istroxat bo‘gi

  • Andijon viloyat hayvonot bog‘i

Faylni tanlang