Soha yangiliklari

Toshkent teleminorasida tasvirga olish mumkin bo‘ldi

Toshkent teleminorasi texnik jihozlar o‘rin olgan yirik ob’ekt bo‘lish barobarida, poytaxtimizdagi diqqatga sazovor sayyohlik inshooti hamdir.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 6 fevralidagi «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Toshkent teleminorasiga tashrif buyuruvchi sayyohlarga teleminoraning foyesida, 100-110 metr balandlikda joylashgan tomosha maydonchasi va «Koinot» restoranida foto va video olishga ruxsat berildi.
 
Endi teleminoraga tashrif buyurayotgan sayyohlar o‘zlari bilan tomosha maydonchasiga va restoranga telefon, planshet, noutbuk va fotoapparat qurilmalarini olib kirishlari mumkin bo‘ldi. Suratga tushganlik uchun pul talab qilinmaydi.
 
Aytish joizki, Toshkent teleminorasi 1991 yilda Ulkan Minoralar Federatsiyasi tarkibiga kirgan va balandligi bo‘yicha jahonda 11-o‘rinda turadi. 375 metrlik bu inshoot Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. 
 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang