Soha yangiliklari

“O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi”da AKT vazirligi mahsulotlari taqdim etilmoqda.

 Joriy yilning 18-22 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida “O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi” bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu “O‘zbekiston sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi”da Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O.Umarov ishtirok etdi.

Yarmarka va birjada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 3-pavilonda katta hajmdagi stendi bilan ishtirok etmoqda.

 Unda “O‘zbektelekom” AK o‘zining ishlab chiqarish korxonalari bo‘lgan – “Telecom Devices Pro”, “Telecom Innovations”, “Telmax Elektroniks”,  “Гранит”, “ZTT Telekom” va “Smart Vision” korxonalari mahsulotlarini taqdim etmoqda.

“Telecom Devices Pro” MChJ 2012 yilda “Navoiy” erkin iqtisodiy hududida tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyati CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar telefonlar, planshet kompyuterlar ishlab chiqarishdan iborat. “Telecom Devices Pro” MChJ Markaziy Osiyoda CDMA-450 qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yagona korxona hisoblanadi.

“Navoiy” erkin iqtisodiy hududida joylashgan «Telecom Innovations» QK ADSL modemlar, DSLAM uskunalar, optik konsentratorlar, raqamli televideniye «set-top-box» priyomniklari va abonentlar hamda “O‘zbektelekom” AK ATSlari uchun boshqa operator va abonent uskunalarini ishlab chiqaradi.

Bugun o‘z ishini boshlagan sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi   22 noyabriga qadar davom etadi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang