"EMMM" DUK yangiliklari

Xalqaro tadbirlarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilmoqda

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan Samarqand viloyatini barcha yo‘nalishlarda rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Shuningdek, Samarqand viloyatini xalqaro maydonlarda tanitish va uning turistik salohiyatini namoyon etish maqsadida viloyatimizda deyarli yil davomida xalqaro sammit, konferensiya, ko‘rgazma va boshqa tadbirlar tashkil etilmoqda. Yaqin kunlarda 7-8 sentabr kunlari Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya va 16-20 oktabr kunlari BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) bosh assembleyasining 25-sessiyasini o‘tkazish belgilangan.

dw1000x551.jpeg

Bu tadbirlarni talab darajasida va munosib o‘tkazish uchun soha tashkilotlarining xodimlari va Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari ham doimiy tarzda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

dw1975x612.jpg

Tashrif buyuruvchi mehmonlarning birlamchi ehtiyojiga aylangan mobil aloqa, yuqori tezlikdagi internet aloqasiga talab juda yuqori. Shu sababli viloyatning xalqaro ahamiyatli avtomobil yo‘llarida, shahar ichki yo‘llarida, turizm maskanlarida va mehmonxonalarda uyali aloqa qamrovi va internet sifatini o‘rganish bo‘yicha doimiy radiomonitoring tadbirlari olib borilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar tezkor tartibda uyali aloqa operatorlariga yetkazilib, o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.

dw21000x651.jpeg

Buning natijasida viloyatimiz aholisi, mehmonlar va tadbir ishtirokchilari sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi internetdan bahramand bo‘lishmoqda. 

 

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.Kodirov

 

Faylni tanlang