25–28-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida “National AI Hackathon”ning navbatdagi hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Sun’iy intellektga qiziqasizmi? Unda jamoa tuzing va dolzarb muammolarga yechimlar ishlab chiqing, tajribali mentorlar bilan ishlang va loyihangizni ekspertlar oldida himoya qiling.
- Eng yaxshi jamoalar uchun maxsus imkoniyatlar
- Tajribali mentorlar ko‘magida ishlash
- Loyihangizni rivojlantirish va keyingi bosqichga yo‘l olish imkoniyati
Sirdaryo bosqichi yo‘nalishlari:
- Sog‘liqni saqlash
- Ta’lim
- Tadbirkorlik
- Internet tarmog‘ida narkotrafik savdosiga qarshi nazorat
Qo'shimcha nominatsiyalar:
- Eng yaxshi veb-sayt
- Eng yaxshi dastur
- Eng yaxshi mobil ilova
Ishtirok etish shartlari:
- Har bir jamoa azosi yakka tartibda ro'yhatdan o'tish
- 16 yosh va undan katta bo‘lish
- Pasport yoki ID-karta mavjud bo‘lishi
- Sirdaryo viloyatida yashovchi yoshlar uchun ochiq
Ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat:
- ai-hackathon.uz
- eventflow.uz