Soha yangiliklari

Uzbekistan Esports Championship turnirida g‘oliblar taqdirlandi

Toshkentda kibersport bo‘yicha Uzbekistan Esports Championship grand finaliga start berilgan edi.

slider

 

Ushbu turnir jamg‘armasi 332 mln so‘mni tashkil etadi. Turnir doirasida PUBG va FIFA yo‘nalishida g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi.

Pubg Mobile yo‘nalishida: 

1-o‘rin Farg‘ona viloyati; 

2-o‘rin Navoiy viloyati; 

3-o‘rin Jizzax viloyati. 

FIFA yo‘nalishida: 

1-o‘rin Daler — Samarqand viloyati

2-o‘rin Azimbek — Toshkent shahri

3-o‘rin Salamat — Qoraqalog‘iston Respublikasiga nasib etdi.

Ushbu turnir Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, IT-Park, O‘zbekiston kibersport assotsiatsiyasi, Kibersport federatsiyasi ko‘magida tashkil etildi.

Faylni tanlang