Soha yangiliklari

Namangan shahridagi maktablarga 60 ta kompyuter jamlanmasi topshirildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Namangan shahridagi kompyuterlari mavjud bo‘lmagan va ma’nan eskirgan maktablar uchun 60 ta jami 417 mln so‘m qiymatdagi kompyuter jamlanmasi homiylik sifatida ajratilib, Shtabga taqdim etildi. Namangan shahar hokimligida tashkil etilgan “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan yordam olgan yoshlarni taqdirlash marosimi”da Namangan shahridagi kompyuterlari mavjud bo‘lmagan va ma’nan eskirgan 6 ta maktabga 60 ta kompyuter jamlanmasi  “Prezident sovg‘asi” sifatida tantanali ravishda topshirildi. Jumladan, Namangan shahridagi 9-maktab (10 ta), 17-maktab (10 ta), 24-maktab (10 ta), 29-maktab (10 ta), 19-maktab (10 ta), 66-maktab (12 ta) larga taqsimlandi.  
Faylni tanlang