Soha yangiliklari

Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmani my.gov.uz orqali onlayn olsa bo‘ladi

Ushbu imkoniyatdan: – Urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar; – halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari); – respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar; – Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirganlar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar; – yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar; – I va II-guruh nogironligi bo‘lganlar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs; – o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar; – yoshga doir pensiya oluvchilar foydalanishlari mumkin. Buning uchun ariza beruvchi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish” xizmatini tanlab, kerakli sihatgohni belgilaydi va so‘rov yuboriladi. Ushbu xizmat orqali sihatgohlarda mavjud navbatlarni oldindan ko‘rish imkoniyati ham mavjud. Navbatga turish yoki belgilangan toifaga mos bo‘lmagan ariza beruvchilarga rad etilganlik xabarnomasi avtomatik tarzda yetkaziladi. Shuningdek, ariza beruvchi o‘z navbatini onlayn kuzatib bora oladi. Eslatib o‘tamiz! Mazkur xizmat orqali avval qog‘oz shaklida topshirilgan arizalar navbatini ham kuzatish imkoniyati mavjud.
Faylni tanlang