Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir.
Joriy yilning 28-noyabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun 8 - dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda, Yuridik fanlari doktori, professor Muhitdinova Feruza Abdurashidovna o‘z nutqi bilan ishtirok etdi.
Unda, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani so‘zsiz va to‘liq amalga oshirishda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifalari;
Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari, inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari;
Shuningdek, Konstitutsiyasida keltirilgan davlat hokimiyatining tashkil etilishi hamda saylov tizimidagi fundamental vazifalar haqida atroflicha fikr yuritildi.
Tadbir so‘ngida barcha xodimlar huquqiy masalalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.