Sun’iy intellektdan muntazam foydalanasizmi? Unda o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni sinovdan o‘tkazib, National AI Hackathonda ishtirok etish imkoniyatidan foydalaning.

Hackathonning Xorazm viloyati bosqichi 17–20-sentabr kunlari Urganch shahrida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt asosidagi yechimlarini taqdim etib, qimmatbaho sovrinlar uchun bellashadi.
G‘oliblar uchun sovrinlar:
— 1-o‘rin: Apple MacBook Air;
— 2-o‘rin: 20 000 000 so‘m pul mukofoti;
— 3-o‘rin: 10 000 000 so‘m pul mukofoti.
Shuningdek, kuchli uchlikka kira olmagan jamoalar uchun maxsus nominatsiyalar ham tashkil etiladi:
— “Eng dolzarb ijtimoiy loyiha” — jamiyat uchun eng foydali yechim yaratgan jamoaga;
— “Eng qiziqarli taqdimot” — eng yorqin va kreativ taqdimot qilgan jamoaga.
Nominatsiya g‘oliblari nufuzli AI-kurslarida o‘qish uchun bepul sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Tadbir tafsilotlari:
17–20-sentabr
Urganch shahri
Ro‘yxatdan o‘tish: 17-sentabrgacha
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
eventflow.uz