2024-yilning 20-avgust kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari H.Matyusupov va U.Xamrayevlar tomonidan Yangiariq tuman IIB binosida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda Yangiariq tuman IIBning barcha xodimlari qatnashdi. Seminar mobaynida IIB xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish” to‘g‘risidagi 801-sonli qarori va ushbu qarorning 3-ilovasi mazmun-mohiyati haqida to‘liq ma’lumotlar taqdim etildi. Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandislari tomonidan Yangiariq tuman IIB xodimlarining sohaga oid qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.