"EMMM" DUK yangiliklari

Navoiy shahridagi huquq-tartibot organlarida o‘quv seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori 3-ilovaga muvofiq 2023-yil mobaynida hamkorlikda ishlarni tashkil etish chora tadbirlar rejasiga asosan 2023-yilning 11-dekabr sanasida Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan Navoiy shahar IIB HPB profilaktika inspektorlariga o‘quv seminari o‘tkazildi.

bdfbdf1000x462.jpg

Seminar davomida ishtirokchilar “EMMM” DUK va uning viloyat xizmatlari faoliyati, ularning vazifalari, radiomonitoring olib borish tartiblari va tizimining umumiy texnik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibi bilan tanishdilar. Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda eng ko‘p noqonuniy foydalanishda aniqlanayotgan radioelektron vositalar turlari va ularning qay ko‘rinishda bo‘lishi haqida ma’lumotlar aytib o‘tildi. 

Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, ulardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etish hamda radioxalaqitlarni bartaraf etishda vazirlik va idoralarning oʻzaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom batafsil o‘rganib chiqildi.

O‘quv seminari davomida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.

 

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 2-toifali muhandisi M.Jumayev

Faylni tanlang