"EMMM" DUK yangiliklari

Navoiy viloyati EMMX xodimlari tomonidan industrial radioxalaqitlar manbai boʻlishi mumkin bo‘lgan elektr uzatish liniyalarida va nimstansiyalarida oʻlchov ishlari oʻtkazilmoqda.

Hozirgi taraqqiy etgan davrda elektr energiyasi hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qoldi. Bu siz hayotimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kundalik hayotimizda keng foydalaniladigan yoritish tizimlari, liftlar, maishiy texnikalar, bankomatlar, kompyuterlar  va boshqa qurilmalarni ishlashi elektr energiyasiga chambarchas bog‘liqdir. Davlatlarning iqtisodiy o‘sishi rivojlanishi, umuman olganda jamiyat farovonligida elektr energiyasining ahamiyati ortib bormoqda. 

Shuning uchun yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilib kelinadi. Yangidan yangi elektr energiyasi ishlab chiqarish stansiyalari barpo etilmoqda. Shu sababli elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarning soni ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan industrial radioxalaqitlar ehtimolini oshiradi.

Tabiiyki ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin, industrial radioxalaqitlar o‘zi nima? Industrial radioxalaqitlar bu  — radioto‘lqinlarni uzatish uchun mo‘ljallanmagan texnik vositalar tomonidan vujudga keladigan radiochastota spektri diapazonidagi elektromagnit tarqatishlar. Jumladan, transport vositalarining elektr motorlari (elektrovozlar, tramvaylar, trolleybuslar va boshqalar) va maishiy texnika (changyutgichlar, polni silliqlash mashinalari, elektr qirg‘ichlar va boshqalar), elektr uzatish liniyalari,  yuqori chastotali sanoat, tibbiy va ilmiy uskunalar mumkin bo‘lgan industrial radioxalaqitlar manbalariga kiradi. 

Industrial radioxalaqitlar manbalari yuzaga kelganda ular o‘z vaqtida aniqlanib, kerakli choralar ko‘rilmasa nojo‘ya oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday holatlarni oldini olish maqsadida Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan 2024-yil yanvar oyi uchun tuzilgan reja boʻyicha industrial radioxalaqitlar hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektr uzatish liniyalarida va nimstansiyalarida o‘lchov ishlari o‘tkazilmoqda.

Olib borilayotgan tadbirlar natijasiga ko‘ra, o‘lchangan industrial radioxalaqitlar amaldagi xalqaro standart “Elektr uzatish liniyalari va nimstansiyalardan tarqaladigan industrial radioxalaqitlar” GOST 22012-82 me’yorlariga muvofiqligi tekshirilmoqda.

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX  muhandisi M.To‘raqulov

Faylni tanlang