Joriy yilning may oyida Navoiy viloyati Elektromagnit moslashuv xizmatida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, telekommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli loyihalar hamda O‘zbekistonni IT HUBga aylantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.
Xizmatning 2-toifali tarmoq muhandisi A.Narziyev tomonidan Navoiy IT Park faoliyati, IT Park rezidenti maqomini olish uchun qo‘yiladigan talablar va rezidentlar tomonidan amalga oshirishga ruxsat etilgan faoliyat turlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot va tushunchalar berib o‘tdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “IT-xizmatlar eksporti yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 12-fevralda 86-sonli qarori qabul qilinganligi, unga ko‘ra, “IT talents” loyihasi doirasida subsidiyalar ajratilishi bo‘yicha ma’lumot berildi. “IT talents” dasturi - IT Park rezidenti bo‘lgan IT-xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab beruvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish hamda kengaytirishni rag‘batlantirishga qaratilgan loyiha ekanligi alohida ta’kidlandi.
Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzida o‘tgan mazkur davra suhbati yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.
Tayyorladi: 2-toifali tarmoq muhandisi A.Narziyev