EMMM yangiliklari

Navoiy viloyatida radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun seminar tashkil etildi

2024-yil 29-noyabr sanasida Navoiy viloyati EMMX “Zoom” platformasi orqali radiochastota spektridan foydalanuvchilar uchun seminar tashkil etildi. 

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22‑dekabrdagi 801-sonli Qarori 2-ilovasi “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish), olib kirish, foydalanishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek,  raqamli  texnologiyalar bugungi kunga shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda, “EMMM” DUK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari  (my.gov.uz) portali orqali amalga oshirilishi aytib o‘tildi, hamda xizmatlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan sohaga doir qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida hamda “EMMM” DUK tomonidan ko‘rsatilayotgan yangi xizmatlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.                                                          

 

Tayyorladi: Navoiy viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Xo‘jayev J.A

Faylni tanlang