Soha yangiliklari

Vazir o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-oktabrdagi qaroriga muvofiq Sangilov Mirodil Mirzailevich O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

M.Sangilov "Xavfsiz shahar" kompleksini yaratish bo‘yicha loyihani o‘z vaqtida va keng miqyosida, sifatli amalga oshirishga mas’ul bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 29 avgustdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyihalarni boshqarish tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq joriy qilingan.

Manba: Axborot xizmati

 

Faylni tanlang