"EMMM" DUK yangiliklari

TAYINLOV


 

        

      

2022-yil 5-yanvar kuni “EMMM” DUK boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Anvar Abdugapurovich Kadirov Samarqand viloyati EMMX ga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida xizmat xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilinib, uchrashuv chog‘ida “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning 2021-yil 23-dekabrdagi №441-“K” buyrug‘i o‘qib eshittirildi.

“EMMM” DUKning buyrug‘iga asosan Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i Alisher Kaxramonovich Kaxramonov “EMMM” DUK RN va TRX boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan. Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga shu xizmatning 1-toifali muhandisi Xurshid To‘lqinovich Tojiyev tayinlangan.

Anvar Abdugapurovich X.T.Tojiyevni yangi lavozimga tayinlanganligi bilan tabrikladi va kelgusi ishlarida ulkan omadlar tiladi.

 


Samarqand viloyati EMMX xodimlari Xurshid To‘lqinovich Tojiyevga o‘zlarini samimiy tabrik va tilaklarini bildirib, kelajakda yangi yutuq va marralarga erishishlarida yelkadosh ekanliklarini taʼkidlab o‘tishdi.  

Faylni tanlang