Soha yangiliklari

Verifikatsiyadan o‘tishga ulgurmagan barcha vazirlik va idoralar Telegram kanallari verifikatsiyadan o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasidagi qator vazirlik, idora, agentlik, kompaniya va tashkilotlarning rasmiy Telegram kanallari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida verifikatsiya qilindi. Vazirlik va idoralarning Telegram kanallarining verifikatsiyasi – ushbu sahifalarning rasmiy maqomga egaligi hamda unda e’lon qilinayotgan xabarlar haqiqatan o‘sha vazirlik yoki idoraga tegishli va ishonchli ekanligini tasdiqlovchi xavfsizlik chorasidir. Telegram o‘z platformasidagi kanallarni verifikatsiya qilishda ularning YouTube, Facebook, Instagram yoki Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda verifikatsiyadan o‘tgan kanallari mavjudligi, tashkilotning rasmiy veb-saytida Telegram kanalga havola ko‘rsatilganligi va boshqa bir qator talablar bajarilganligiga e’tibor qaratadi. 2022-yil 21-yanvar holatiga vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda agentliklarning 13 ta Telegram kanallari verifikatsiya olgan edi. Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida 2022-yilning fevral – mart oylarida qo‘shimcha 32 ta Telegram kanallari verifikatsiyadan o‘tdi. Quyida verifikatsiyadan o‘tgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda agentliklarning ro‘yxati va Telegram kanallari bilan tanishishingiz mumkin. Avval verifikatsiya qilingan Telegram kanallarini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,  Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va  rivojlantirish jamoat fondi va tegishli vazirliklar ko‘magida verifikatsiya qilingan. Ularning ro‘yhati. Vazirliklar: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - https://t.me/mitcuz  Adliya vazirligi - https://t.me/huquqiyaxborot Xalq ta’limi vazirligi - https://t.me/uzedu Tashqi ishlar vazirligi - https://t.me/uzbekmid Moliya vazirligi - https://t.me/minfinuzb Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi - https://t.me/MineconomyUz Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi - https://t.me/MIFT_UZ Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi - https://t.me/mahallavaoilainfo Davlat qo‘mitalari: Davlat soliq qo‘mitasi - https://t.me/soliqnews Agentliklar: Davlat xizmatlari agentligi - https://t.me/davxizmat  “O‘zarxiv” agentligi - https://t.me/uzarxivs Prezident ta’lim muassasalari agentligi - https://t.me/piimauz Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi - https://t.me/aoka_uz Banklar Markaziy Bank – https://t.me/centralbankuzbekistan Uyushmalar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi – https://t.me/uztsuz Hokimliklar Toshkent shahar hokimligi – https://t.me › poytaxt_uz Farg‘ona viloyati hokimligi – https://t.me/fvhokimligi Sirdaryo viloyati hokimligi – https://t.me/SirdaryoUz Birlashmalar: “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ – https://t.me/uzrailways_uz Markazlar: “O‘zgidromet” – https://t.me/uzgydromet Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining quyi tuzilmalari Toshkent shahridagi INHA universiteti – https://t.me/inha_uz “UMS” (Mobiuz) МЧЖ – https://t.me/MyMobiuz   Yaqinda verifikatsiya qilingan Telegram kanallari ro‘yxati Vazirliklar: Favqulodda vaziyatlar vazirligi       - https://t.me/MCHSUzbek Qurilish vazirligi - https://t.me/minstroyuz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi       - https://t.me/eduuz Ichki ishlar vazirligi - https://t.me/iivuz Maktabgacha ta’lim vazirligi - https://t.me/mdokanal Madaniyat vazirligi - https://t.me/madaniyatvazirligi Transport vazirligi        - https://t.me/Mintrans_uz Qishloq xo‘jaligi vazirligi - https://t.me/uzagroministry Suv xo‘jaligi vazirligi - https://t.me/TGminwater Innovatsion rivojlanish vazirligi - https://t.me/mininnovation Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi - https://t.me/kommunaluzb Turizm va madaniy meros vazirligi - https://t.me/uzbektourismofficial Energetika vazirligi - https://t.me/minenergy_uz Sog‘liqni saqlash vazirligi - https://t.me/ssvuz Davlat qo‘mitalari: Davlat bojxona qo‘mitasi - https://t.me/customschannel Davlat statistika qo‘mitasi - https://t.me/uzstataxborot Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi - https://t.me/AntimonUz Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - https://t.me/uzdavgeolcom Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi - https://t.me/ecogovuz Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - https://t.me/VeterinariansUzbekistan Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi - https://t.me/scisuz Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - https://t.me/DinQumita Agentliklar: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi - https://t.me/DAVAKTIVUZ O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“O‘zstandart”) - https://t.me/UzstandardChannel Intellektual mulk agentligi - https://t.me/uzbais Kadastr agentligi - https://t.me/ygk_uz Fuqaro aviatsiyasi agentligi - https://t.me/uzcaa Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi - https://t.me/uzwine_agency Yoshlar ishlari agentligi - https://t.me/yoshlaragentligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi - https://t.me/Uzpharm_agency Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi - https://t.me/uzadeuz Kinematografiya agentligi - https://t.me/uzbekkinopress Inspeksiyalar: Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi – https://t.me/uztdi Birlashmalar: “Uzbekistan Airways” AJ – https://t.me/uzbekistanairways
Faylni tanlang