"EMMM" DUK yangiliklari

Sifatsiz repitor qurilmalari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektoridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” gi 801-sonli Qaroriga binoan Farg‘ona viloyati hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni sotish, o‘rnatish, xorijdan olib kirish hamda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi rejasini bajarish maqsadida 2023-yil boshida Farg‘ona viloyati Davlat Xavfsizlik Xizmati Boshqarmasi, Farg‘ona viloyati IIB, Farg‘ona viloyati O‘zkomnazorat xodimlari hamda Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati hududida bir nechta tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida quyidagilar aniqlandi:

 

Farg‘ona shahar Qomus ko‘chasida joylashgan MCHJ «Garant Kredit Savdo» do‘koni rahbari M.S. tomonidan sifatsiz 2 dona “Mobile repeator” rusumli retronslyatoridan foydalanganda aniqlangan.

 

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Chotaqa MFYda joylashgan MCHJ “Prof Tekst Plyus” ishlab chiqarish rahbari R.U. tomonidan sifatsiz 2 dona “Mobile repeator” rusumli retronslyatoridan foydalanganda aniqlangan.

 

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Navbahor MFYda joylashgan MCHJ “Diferent Prodakshen” ishlab chiqarish rahbari R.O. tomonidan sifatsiz 2-dona “Mobile repeator” rusumli retronslyatoridan foydalanganda aniqlangan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aniqlangan barcha radio elektron vositalari musodara qilindi va Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining 2022-yil 28-avgustdagi 707-sonli Qarorida ko‘rsatilgan normalariga va texnik talablarga javob bermasligi sababli qonunchilikda ko‘rsatilgan tartibda tegishli jazolar qo‘llanilishi uchun fuqarolar hujjatlari to‘plami EMMX muxandislari tomonidan Farg‘ona viloyati O‘zkomnazoratga yuborildi.

 

Tayyorladi: Farg‘ona viloyati EMMX 2-toifali muhandisi Sadixanov Sh.I.

Faylni tanlang