Soha yangiliklari

Yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarur

Bugun, 16-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Qashqadaryoga xizmat safari doirasida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida so‘ngi vaqtlarda ta’lim sohasidagi islohotlar, filialdagi o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rganishlar olib borildi. Tashrif doirasida AKT vaziri TATU Qarshi filiali va telekommunikatsiya fakulteti faoliyatining taqdimoti bilan ham tanishdi. Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ular tomonidan erishilayotgan yutuqlar, filialning keyingi 5 yillik rejalari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. AKT  vaziri yoshlarning IT sohasiga qiziqishini oshirish, ularning bu boradagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Bu borada yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlash uchun ta’lim sifatini oshirishga bor kuch-g‘ayratni ishga solish zarurligi ta'kidlandi.
Faylni tanlang