"EMMM" DUK yangiliklari

Korrupsiyaga yo‘l yo‘q!

2022-yilning 2-dekabr kuni Samarqand viloyati elektromagnit moslashuv xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘nalishida ko‘nikmalarni oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati, 2022-yil 16-avgustda tasdiqlangan “EMMM DUKning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarning samaradorligi reytingida yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” talabini bajarish maqsadida amalga oshirildi.

Davra suhbatini Samarqand viloyati, Samarqand tumani IIB JXXHPB profilaktika katta inspektori, mayor B.B.Ibragimov olib bordi.

Notiq asosan quyidagilarga alohida to‘xtaldi, Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurdi. Buni so‘nggi yillarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan maʼmuriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishda O‘zbekiston islohotlarining asosiy hujjati hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan qabul qilingan “2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining ahamiyati katta hisoblanadi.

Mamlakat taraqqiyotining eng muhim yo‘nalishlari belgilangan “Harakatlar va Taraqqiyot”  strategiyasining Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishida bevosita korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.

Qiziqarli savol va javoblarga boy bo‘lgan davra suhbati Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarida yaxshi taassurotlar qoldirdi.


 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.Kodirov


 

Faylni tanlang